ACDP logo
Kirish
header bg

Toshkentda Markaziy Osiyo kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi tuzildi

11
Поделиться:
Toshkentda Markaziy Osiyo kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi tuzildi

27 aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari kengashi yig‘ilishida yangi xalqaro tuzilma — Markaziy Osiyo kasaba uyushmalari konfederatsiyasi ta’sis etildi. 

Uning tarkibiga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston kasaba uyushmalari kirdi. Turkmaniston esa kuzatuvchi maqomini saqlab qoldi.

Yig‘ilishda konfederatsiya ta’sis hujjatlari tasdiqlanib, boshqaruv tizimi shakllantirildi. Unga ko‘ra, 15 nafar vakildan iborat Bosh kengash hamda faoliyatni muvofiqlashtiruvchi Ijroiya qo‘mitasi tashkil etildi. Konfederatsiya rahbari etib Qudratilla Rafikov saylandi. Konfederatsiya shtab-kvartirasi Toshkent shahrida joylashadi.

Ta’kidlanishicha, xalqaro maqom tashkilotga jahon kasaba uyushmalari tuzilmalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik qilish, mintaqa mehnatkashlari manfaatlarini xalqaro maydonda ilgari surish va ilg‘or tajribalar almashish imkonini beradi.