ACDP logo
Kirish
header bg

Mahalliy boshqaruvda ochiqlik ta’minlanmoqda

9
Поделиться:
Mahalliy boshqaruvda ochiqlik ta’minlanmoqda

O‘tgan hafta davomida mahalliy Kengashlar sessiyalarida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanishiga katta e’tibor qartilgani kuzatildi. Xususan, respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 55 ta sessiyaning 49 tasi (89 foizi) internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Sirdaryo, Farg‘ona va boshqa hududlardagi qator tuman va shahar Kengashlari sessiya jarayonlarini to‘liq ochiq formatda o‘tkazgan.

Bunday amaliyot mahalliy hokimlik organlarining xalq oldidagi hisobdorligini ta’minlashning eng real mexanizmi bo‘lib, fuqarolarga mahalliy budjet muhokamasidan tortib, hududiy dasturlar ijrosigacha bo‘lgan eng muhim masalalarda deputatlarning qanday qaror qabul qilayotganini bevosita kuzatish imkonini bermoqda.

Shuningdek, deputatlarning o‘z vazifasiga yanada mas’uliyat bilan yondashishiga, sessiyalardagi yuzakiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.