ACDP logo
Kirish
header bg

Hududlarning ekologik “master-reja”lari tasdiqlanmoqda

8
Поделиться:
Hududlarning ekologik “master-reja”lari tasdiqlanmoqda

Mahalliy Kengashlar faoliyatida hududlar ekologik barqarorligini ta’minlash va tabiatni muhofaza qilish masalalari tizimli ravishda kun tartibiga chiqmoqda.

Xususan, Yangiqo‘rg‘on, Chortoq va Ko‘kdala tuman Kengashlari tomonidan hududlarning ekologik “master-reja”lari tasdiqlandi.

Ekologik “master-reja”larning qabul qilinishi hududlardagi yashil hududlarni saqlash, chiqindilarni boshqarish va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq maqsadli vazifalarni belgilab beradi.

Ekologik “master-reja”lar tasdiqlanishi va Kengashlarda muhokama qilinishi mahalliy siyosatda tabiat muhofazasi ustuvor yo‘nalishga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Global iqlim o‘zgarishlari sharoitida har bir tuman o‘z ekologik pasporti va aniq rejasiga ega bo‘lishi kelajak avlod oldidagi muhim qadamdir. Vakillik organlari bu orqali shunchaki muammoni qayd etish emas, balki aniq hujjat asosida ijro hokimiyatini ekologik mas’uliyatga chaqirmoqda.