Nogironligi bo‘lgan yoshlarning raqamli bilimlari oshirilmoqda
8

Nurafshon shahrida Nogironlar jamiyati hududiy bo‘linmasi, CIBER universiteti, IT Park hamkorligida “Uzbekistan digital inclusion project” loyihasi doirasida amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbir harakatlanishida cheklovi mavjud 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni mehnat bozoriga tayyorlash va ularning raqamli ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan bo‘lib, viloyatdagi 50 nafardan ziyod nogironligi bo‘lgan yoshlar qamrab olindi.
Bu kabi loyihalar imkoniyati cheklangan yoshlarning mehnat bozoriga kirishi, qiyinchiliklarni ruhan va kasbiy ko‘nikmalar orqali yengib o‘tishida dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

