ACDP logo
Kirish
header bg

Fuqarolik jamiyatiga xos g‘amxo‘rlik

7
Поделиться:
Fuqarolik jamiyatiga xos g‘amxo‘rlik

Ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi farmon mamlakatda inson qadrini ustuvor qo‘yayotgan ijtimoiy siyosatning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Farmonga muvofiq, “Erta aralashuv”, “Yangi kun”, “Madad” va “Ijtimoiy ta’til” kabi yangi xizmatlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi, “Muruvvat” internat uylari esa “G‘amxo‘rlik” markazlariga aylantiriladi.

Shuningdek, 2026 yil sentyabrdan parvarish bilan band qonuniy vakillar uchun nafaqa to‘lash tizimi kengayib, ijtimoiy xizmatlarda nodavlat sektor ishtirokini kuchaytirish belgilangan. 

Bu o‘zgarishlar tizimning qamrovini oshirish bilan birga, xizmat sifatini ham yangi bosqichga olib chiqadi.