✅ Qahramon Sariyev, O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi:
239

🟢 Yangi O‘zbekistonda millatlar va konfessiyalararo totuvlik, yosh avlodni bag‘rikenglik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu yo‘nalishda ishlarni tizimli amalga oshirishda milliy madaniy markazlarning o‘rni juda muhim.
🟢Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan turli millat vakillarining 157 ta milliy madaniy markazlariga 2021 yildan boshlab davlat subsidiyalari ajratib kelinmoqda.
🟢Hududlarda tashkil qilingan “Do‘stlik uylari” millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyatda do‘stlik, hamjihatlik, bag‘rikenglik va birdamlikni mustahkamlash hamda yagona fuqaroviy o‘zlikni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

