Oʻzbekiston — mintaqaviy yetakchi va tashabbuskor davlat sifatida

🟢 9–10-oktyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan ishchi tashrifi nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi, balki butun Markaziy Osiyoda hamkorlik va barqarorlikning yangi davrini boshlab berdi.
🟢Dushanbeda boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo — Rossiya” sammiti hamda MDH Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida Prezidentimiz mintaqaviy hamjihatlik, iqtisodiy hamkorlik, transport, energetika va xavfsizlik sohalarida muhim amaliy tashabbuslar ilgari surdi.
🟢Bu tashrif Oʻzbekistonning faol, pragmatik va tashabbuskor tashqi siyosatini yana bir bor namoyon etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning gʻoya va tashabbuslari Markaziy Osiyo barqarorligi va farovonligiga xizmat qiladi.
📰 Batafsil maʼlumot bilan Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyati hududiy boʻlinma rahbari Farhodbek Ataxanovning
“Markaziy Osiyo uchun strategik istiqbollar va Oʻzbekiston tashabbuslari” nomli maqolasida tanishishingiz mumkin.

