Tinchlikni xohlasang — qo‘shning bilan do‘stlash

2025 yil 15-16 oktyabr kunlari Farg‘ona shahrida ilk bor Farg‘ona tinchlik forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari — O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari, shuningdek xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirok etadi.
➡️Forumning asosiy maqsadi — O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va chegarabo‘yi hududlarda ishonch muhitini kuchaytirishdir.
🟢So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda amalga oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy yangilanishlar mintaqani birlashtiruvchi kuchga aylantirmoqda. Davlat rahbarlarining qat’iy irodasi va xalqlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik tufayli chegara masalalari hal etildi, umumiy iqtisodiy va gumanitar makon shakllanmoqda.
🟢Forum doirasida tinchlikni ta’minlash, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek yoshlar va ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha takliflar muhokama etiladi.
📝 Batafsil Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi direktori o‘rinbosari Abror Yusupovning “Xochesh mira – druji s sosedyami” nomli maqolasida tanishishingiz mumkin.

