ACDP logo
Kirish
header bg

📢 Xalqaro konferensiyaga taklif!

156
Поделиться:
📢 Xalqaro konferensiyaga taklif!

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi «Xalqaro demokratiya kuni» munosabati bilan «O‘zbekistonning demokratik rivojlanishida fuqarolik jamiyatining o‘rni: global chaqiriqlar va istiqbollar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishini ma’lum qiladi!

Tadbir «Hyatt Regency» mehmonxonasida 2025 yil 19 sentyabr kuni soat 10:00 da boshlanadi.

Konferensiyaga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqola va ilmiy axborot (tezis)lar qabul qilinadi:

✅ Fuqarolik jamiyati institutlari va davlat boshqaruvi
✅ Inson huquqlari va huquqiy kafolatlar
✅ Axborot xavfsizligi va raqamli transformatsiya
✅ Inklyuziv jamiyat va bag‘rikenglik
✅ Global xatarlar va javob choralari
✅ Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati

Maqola/tezislarga talablar:
📄 Hajmi: 3-6 bet (Times New Roman, 14 shrift, 1,5 interval)
📎 Format: Word, muallif ma’lumotlari bilan
📅 Muddat: 2025 yil 10 sentyabr
📩 Yuborish: Telegram (+998 90 919 27 01) yoki cso.conference2025@gmail.com

Maqolalar o‘zbek, ingliz va rus tillarida qabul qilinadi.

✅ Konferensiya materiallari elektron to‘plam sifatida bepul tarqatiladi!

📞 Bog‘lanish:
To‘lqin Karimov: +998 90 919 27 01
Shaxzod Usmanov: +998 99 809 57 01

📍 Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 1-A uy.

✅ Anjumanda ishtirok eting va demokratik rivojlanishdagi muhim mavzularni muhokama qiling.