ACDP logo
Kirish
header bg

Sirdaryoda mahalliy Kengash deputatlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi oʻrniga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

16
Поделиться:
Sirdaryoda mahalliy Kengash deputatlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi oʻrniga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlinmasi tashabbusi bilan “Mahalliy Kengash deputatlarining hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi oʻrni” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlinmasi mutaxassislari, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari hamda kotibiyat xodimlari, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining davlat subsidiya mablagʻlari doirasida oʻtkazilgan ushbu tadbirning asosiy maqsadi — mahalliy Kengash deputatlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi samaradorligini oshirish hamda deputatlik vakolatlaridan maqsadli va samarali foydalanish koʻnikmasini shakllantirishdan iborat boʻldi.

Seminarda tuman va shahar Kengashlari deputatlari hamda ekspertlar ishtirok etib, mavzuga oid fikr va takliflarini bildirdi. Tadbir davomida mahalliy Kengash deputatlarining hududlardagi muammolarni hal qilishdagi rolini kuchaytirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqildi.

Spikerlar tomonidan taʼkidlanganidek, deputat oʻz saylov okrugidagi muammolarni hal qilish uchun avvalo oʻziga qonun bilan berilgan vakolat, huquq va majburiyatlarni toʻliq anglashi va undan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasiga ega boʻlishi zarur.

Seminarda, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish” konsepsiyasi mazmuni, uning demokratik jarayonlar va mahalliy Kengashlar faoliyatidagi ahamiyati toʻgʻrisida ham batafsil maʼlumot berildi.

Tadbir yakunida mazkur yoʻnalishda aniq dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, muntazam ravishda seminarlar, davra suhbatlari va targʻibot tadbirlarini tashkil etish, ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish borasida kelishuvga erishildi.

Xulosa sifatida, viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari hamda mahalliy deputatlar oʻz saʼy-harakatlarini birlashtirgan holda belgilangan maqsadlarga erishishlari mumkinligi taʼkidlab oʻtildi.

 

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi

Sirdaryo viloyati hududiy boʻlinmasi