ACDP logo
Kirish
header bg

Markaz xodimlari uchun oʻquv seminar-trening tashkil etildi

361
Поделиться:
Markaz xodimlari uchun oʻquv seminar-trening tashkil etildi

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tomonidan xodimlar malakasini oshirish maqsadida “Axborot-tahliliy faoliyat asoslari” mavzusida oʻquv seminar-trening tashkil etildi.

Seminar doirasida ishtirokchilar axborot-tahliliy faoliyatni tashkil etish, tahliliy bayon yozish, maʼlumotlarni qayta ishlash hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish uslublari boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻldilar. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi mutaxassislar ishtirokida maʼruzalar oʻtkazilib, xodimlarning sohaviy bilimlarini yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Treningning amaliy qismida axborot-tahliliy hujjat tayyorlashga oid mashgʻulotlar tashkil etildi. Tinglovchilar maʼlumotlarni tahlil qilish, ishonchli dalillar asosida muammolarga yechim taklif etish, prognoz ishlab chiqish kabi muhim koʻnikmalarni shakllantirdilar.

 

Seminar yakunida Markaz rahbariyati ishtirokida uchrashuv oʻtkazilib, axborot-tahliliy faoliyatning dolzarbligi va uning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir soʻngida ishtirokchilarga shahodatnomalar topshirildi.

 

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi