ACDP logo
Kirish
header bg

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi rahbari Assortis kompaniyasi vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi

18
Поделиться:
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi rahbari Assortis kompaniyasi vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi

Milan shahrida Osiyo taraqqiyot bankining 58-yillik yigʻilishi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Mazkur yigʻilishda Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida qatnashayotgan Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi rahbari Azamat Pardayev xalqaro hamkorlik va rivojlanish sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro platforma – Assortisning xalqaro biznesni rivojlantirish boʻyicha mutaxassisi Giada Rapalino bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Assortis platformasi 2000-yilda xalqaro rivojlanish yordami va IT sohasida koʻp yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Belgiyaning Bryussel shahrida joylashgan.

Asosiy maqsadi – xalqaro hamkorlik sohasidagi barcha ishtirokchilarni birlashtirish, ularni zarur maʼlumotlar bilan taʼminlash va samarali hamkorlikni ragʻbatlantirishdir.

Bundan tashqari, Assortis quyidagilarga yordam beradi:

Tashkilotlar uchun – moliyaviy mablagʻ topish, mutaxassislar, sheriklar topish, xalqaro loyihalar imkoniyatlaridan foydalanish.

Mutaxassislar uchun – xalqaro loyihalarda ishlash, malaka oshirish, kasbiy faoliyatini rivojlantirish.

Uchrashuvda Markaz va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining OTB loyihalarida qatnashishiga koʻmaklashish, oʻquv-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek boshqa xalqaro donorlar bilan hamkorlik oʻrnatish  masalalarini oʻrganish boʻyicha birgalikda ishlashga kelishib olindi.