ACDP logo
Kirish
header bg

O‘zbekistonda qadriyatlar transformatsiyasiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazildi

1 006
Поделиться:
O‘zbekistonda qadriyatlar transformatsiyasiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan xalqaro konferensiya davlat va jamoat tashkilotlari, siyosiy va ilmiy doiralar vakillarini birlashtirdi. Ushbu tadbir o‘zbekistonlik hamda xorijiy ekspertlar, olimlar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarni bir platformaga jamlagani, bu esa qadriyatlar transformatsiyasi jarayonining nazariy va amaliy jihatlari bo‘yicha fikr almashish, yangi g‘oya va yondashuvlarni muhokama qilishga imkon bergani bilan ahamiyatlidir.

Anjumanda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ijtimoiy, madaniy va ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalarini tahlil qilish bilan bir qatorda, jamiyatda an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanat, yosh avlodga milliy qadriyatlarni yetkazish, milliy meros va qadriyatlarni asrab-avaylashga innovatsion yondashuvlar, chetdan kuzatiladigan ta’sirlarga qarshi samarali choralarni amalga oshirish kabi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xorijlik ekspertlar tomonidan bugungi globallashuv sharoitida qadriyatlar evolyutsiyasi kuzatilishi tabiiy jarayon ekanligi ta’kidlanib, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va uni kelajak avlodga yetkazish muhimligi, bu borada O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlar samarali bo‘lishiga ishonch bildirildi. Shuningdek, O‘zbekistonning qadriyatlarni asrab-avaylash bo‘yicha amalga oshirayotgan tashabbuslarini ko‘pgina davlatlarga o‘rnak sifatida ko‘rsatish mumkinligi e’tirof etildi. 

Anjuman yakunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish, globallashgan raqamli dunyoda milliy qadriyatlarni saqlab qolish, manfaatlar va global chaqiriqlar o‘rtasida muvozanatni saqlagan holda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi.