ACDP logo
Kirish
header bg

Oʻzbekiston fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining Belgiyaga xizmat safari boshlandi

184
Поделиться:
Oʻzbekiston fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining Belgiyaga xizmat safari boshlandi

Fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi 2025-yilning 9-aprel kuni Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Bryussel erkin universiteti (Vrije Universiteit Brussel)da  tashkil etilgan Amir Temur tavalludining 689-yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda bir qator xorijlik mutaxassislarning Amir Temur va temuriylarning jahon hamjamiyatida tutgan oʻrni, ilm-fan taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi, boy tarixiy merosiga doir chiqishlari amalga oshirilib, ularning bugungi kundagi ahamiyati ham yuqori ekanligi taʼkidlandi.

Delegatsiyaning xizmat safari doirasidagi uchrashuvlar va boshqa tadbirlar davom etmoqda.