ACDP logo
Kirish
header bg

Oʻzbekistonning Parijdagi elchixonasida Sorbonna universiteti professori, ekspert Jan-Antuan Dyupra bilan uchrashuv tashkil etildi

226
Поделиться:
Oʻzbekistonning Parijdagi elchixonasida Sorbonna universiteti professori, ekspert Jan-Antuan Dyupra bilan uchrashuv tashkil etildi

Mazkur uchrashuvda delegatsiya rahbari A.Pardayev tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash hamda Oʻzbekiston-Fransiya oʻrtasidagi strategik sheriklik toʻgʻrisida fikr bildirdi. Shuningdek, mamlakatimiz rahbarining Fransiyaga tashrifi natijasi sifatida Oʻzbekiston va Fransiya fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining hamkorligini yangi bosqichga koʻtarish lozimligini taʼkidladi.

Fransiyalik ekspert tomonidan soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ularning natijalari alohida eʼtirof etildi. Jumladan, demokratik islohotlar, liberallashtirish, qonun ijodkorligi borasidagi oʻzgarishlar ijobiy baholandi. Shuningdek, qonunchilik jarayonlari, konstitutsiyaviy islohotlar hamda boshqa bir qator mavzularda Fransiya tajribasi haqida maʼlumotlar berildi. Shunisi ahamiyatliki, ekspert tomonidan Oʻzbekistonning samarali koʻp vektorli tashqi siyosati bugungi kundagi oʻta murakkab boʻlgan geosiyosiy jarayonda toʻgʻri va uzoqni koʻzlab olib borilayotganligi alohida taʼkidlandi.

Yana bir muhim jihati shundaki, Oʻzbekiston dunyoda yuz berayotgan mojarolar fonida oʻzining pragmatik va “neytral” tashqi siyosati bilan boshqa koʻplab mamlakatlarga oʻrnak boʻladigan darajada natijalarga erisha olganligi, shuningdek, qoʻshni mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlarning rivojlantirilishi mintaqaviy tashqi siyosatda Oʻzbekistonning mavqeini oshirganligi taʼkidlandi. Shu jarayonda ekspert tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy siyosatni yuritishda Yevropa Ittifoqidan andoza olish lozimligi taklif etildi.

 

Uchrashuv soʻnggida oʻzaro samarali muloqotni davom ettirish, demokratlashtirish, qonun ijodkorligi hamda boshqa mavzularda hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.