ACDP logo
Kirish
header bg

“Oʻzbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirishda mahalla organlarining faolligi

168
Поделиться:
“Oʻzbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirishda mahalla organlarining faolligi

2024-yilning 22-iyun kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Buxoro viloyati hududiy boʻlinmasi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirishda mahalla organlarining faolligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat subsidiya mablagʻlari doirasida tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyat boshqarmasi va uning shahar va tuman boʻlimlari hamda viloyatdagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan “mahalla yettiligi” vakillari, soha ekspertlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Buxoro viloyati hududiy boʻlinmasi vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi hamda unda belgilangan maqsadlar xususan, mahalla tizimi bilan bogʻliq vazifalar mazmun-mohiyati toʻgʻrisida ishtirokchilarga atroflicha tushuntirishlar berib oʻtildi.

Maʼruzachilar mahalla institutini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha toʻxtalib oʻtishdi.

Davra suhbati yakunida soha mutaxassislarining muhokama davomida bildirgan fikr-mulohazalari asosida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining “Oʻzbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishdagi faolligini oshirish hamda sohada uchrayotgan ayrim muammoli masalalarni hal etish boʻyicha bir qator takliflar ishlab chiqildi. Ijobiy ish tajribalarini keng ommalashtirishni tashkil etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilab olishga kelishib olindi.