ACDP logo
Kirish
header bg

Yangi O‘zbekiston va fuqarolik jamiyati: holati va istiqbollari

208
Поделиться:
Yangi O‘zbekiston va fuqarolik jamiyati: holati va istiqbollari

Yangi O‘zbekistonda erkin va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida keng ko‘lamli va shiddatli islohotlar amalga oshirilmoqda.

2017-2024 yillarda fuqarolik jamiyati institutlarini bevosita qo‘llab-quvatlash va samaradorligini oshirishga qaratilgan 64 ta  normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zarur huquqiy va institutsional baza yaratildi.

Bu borada Prezidentimiz, jumladan: “Fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyat yuritishi, davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi" deb alohida e’tirof etdilar.

Yangi O‘zbekiston va fuqarolik jamiyati: konstitutsiyaviy-huquqiy va tashkiliy asoslari

Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir qator samarali aniq  quyidagi ishlar amalga oshirildi.

 Birinchidan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida birinchi marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga bag‘ishlangan alohida bob kiritilib, uning XIII bobi “Fuqarolik jamiyati institutlari”, deb nomlandi. Jumladan 69-moddada “Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi” deb mustahkamlab qo‘yildi.

Eng asosiysi, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada milliy qonunchiligimizda birinchi marotaba fuqarolik jamiyati institutlarining tarkibi ochib berildi. Ushbu institutlar fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etishi mustahkamlandi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining boshqa boblarning  5 ta moddasida fuqarolik jamiyati institutlarini manfaatlari himoya qilingan. 

Ikkinchidan, O‘zbekiston tarixida ilk marotaba 2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiyaning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib: 

  • fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;
  • fuqarolik jamiyati institutlariga ko‘mak berish hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish;
  • davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish;
  • fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash belgilandi.

Uchinchidan, Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashning demokratik tashkiliy-huquqiy tizimi yaratildi. Xususan, Oliy Majlis hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari huzurida Jamoat fondlari tuzildi. Jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan  so‘nggi yetti yilda 1 trln. 916 mlrd. so‘m ajratildi. Natijada 2 246 ta loyihalar qo‘llab-quvvatlandi. 2008-2016 yillarga solishtirganda 30 barobar ko‘p. Keyingi yilda hududiy Fondlar orqali 140 milliard so‘mlik 2120 ta loyiha amalga oshirildi. 

To‘rtinchidan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Nogironlar jamiyati, Karlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi, ularning 500 ga yaqin tizim tashkilotlari to‘liq davlat subsidiyalaridan foydalanmoqda.

Beshinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari doirasida har bir viloyatda  “Do‘stlik va Nodavlat tashkilotlar uylari” tashkil etildi. Bu uylarda 350 ta NNT va milliy madaniy markazlar bepul joylashtirildi.

Oltinchidan, nodavlat tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bojlari o‘rtacha ikki barobar pasaytirildi. Nogironlar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalarini esa bojdan to‘liq ozod etildi. Qayta ro‘yxatdan o‘tish muddati bir ойдан 15 кунga qisqartirdi.

Yettinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan o‘z tadbirlarini o‘tkazishda adliya organining ruxsatini olish talabi bekor qilinib, ularning faoliyat erkinligi yanada mustahkamlandi.

Sakkizichidan, tashqi manbalardan mablag‘ olish jarayoni osonlashtirildi. Maxsus hisob raqam ochish talabi bekor qilindi. Mablag‘ olish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 40 кундан 15 кунga qisqardi. Bundan tashqari adliya organi bilan kelishmasdan olinadigan mablag‘ miqdori 5 бараvaрga oshirildi. Natijada so‘nggi 7 yilда jalb etilgan xalqaro grantlar 125 mln dollardan oshdi.

To‘qqizinchidan, nodavlat notijorat tashkiltlariga barcha davlat xizmatlari elektron tarzda ko‘rsatilmoqda. Buning uchun alohida e-ngo.uz portali ishga tushirildi.

O‘ninchidan, fuqarolik jamiyati institutlari Yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli va shiddatli  islohotlarning bevosita ishtirokchisi va eng yaqin hamkoriga aylandi. “Vatandoshlar” jamoat fondi, “Hunarmand” uyushmasi, “Soglom avlod” fondi,  O‘zbekiston umumjaxon yoshlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati“Progressivislohotlar” markazi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati kabi eng faol nodavlat notijorat tashkilotlar bevosita ishtirok etmoqda. 

 

Akmal Saidov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 

Spikerining birinchi o‘rinbosari, akademik