Hamkorlikda hikmat koʻp
18
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlinmasi tomonidan “Hududdagi muammolarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari va deputatlarning hamkorligi” mavzusida davr suhbati tashkil etildi.
Tadbirda fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy Kengashlar deputatlarining hududdagi muammolarni hal etishdagi oʻzaro hamkorligi mexanizmlari, mahalliy dasturlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda jamoatchilik nazorati oʻtkazishning huquqiy asoslari haqida maʼlumot berildi.
Suhbat yakunida hududlardagi muammolarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari va deputatlar hamkorligini yanada kuchaytirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar belgilab olindi.