ACDP logo
Kirish
header bg

“Erkin fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

335
Поделиться:
“Erkin fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

2024-yil 24-oktyabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida “Erkin fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Demokrati jarayonlarni tahlil qilish markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur nufuzli anjumanda 10 dan ortiq xorijiy va 100 dan ziyod mahalliy ekspertlar, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy doiralar vakillari, siyosiy partiyalar faollari ishtirok etdi.

Konferensiyada Oʻzbekistonning demokratik taraqqiyot yoʻlidagi islohotlari, ayniqsa fuqarolik jamiyati sohasidagi tub oʻzgarishlar, mamlakatning ochiqlik va shaffoflik borasidagi yutuqlari jahon hamjamiyati eʼtiboriga havola etildi.

Konferensiya ishtirokchilari Oʻzbekistonning soʻnggi yillardagi yutuqlarini yuksak baholab, mamlakatimizning ochiq maʼlumotlar indeksida jahon boʻyicha 30-oʻrinni va Markaziy Osiyoda peshqadam mavqeni egallaganini alohida taʼkidladilar.

Ekspertlar 2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi hamda Oʻzbekiston Respbliasi Prkezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-124-son Farmonining ahamiyatini taʼkidlab, bu hujjatlar fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning shaffof va sogʻlom raqobat tamoyillariga asoslangan yaxlit tizimini yaratganini qayd etdilar.

Tadbirda taʼkidlanganidek, mamlakatda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ijtimoiy adolat va barqarorlikni taʼminlashdagi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati ortib bormoqda. Fuqarolik jamiyati tashkilotlari jamoatchilikni birlashtirish va faollashtirish, fuqarolarni ijtimoiy muammolarni hal qilishga jalb etish orqali ijtimoiy masʼuliyatni rivojlantirishga katta hissa qoʻshmoqda.

Soʻnggi yillarda fuqarolik jamiyati va nodavlat tashkilotlarining davlat organlari bilan hamkorligi sezilarli darajada kuchaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda ijtimoiy sheriklik tamoyilining joriy etilishi koʻplab muammolarni samarali hal etish imkonini bermoqda.

2017-2024-yillarda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining 2 250 ga yaqin loyihalari amalga oshirilishi uchun mablagʻ ajratilgan.

Konferensiyada yaqinlashib kelayotgan parlament va mahalliy Kengashlar saylovlariga alohida eʼtibor qaratildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarning ilk bor aralash tizim asosida oʻtkazilishi va parlamentga nomzodlar orasida ayollar ulushining
40 foizgacha oshirilishi
demokratik islohotlarning muhim bosqichi sifatida baholandi.

“E-SAYLOV” elektron axborot tizimining joriy etilishi saylov jarayonlari shaffofligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi. Bu tizim fuqarolarning saylov jarayonlarida faol ishtirok etishi va nazorat qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratib, saylovlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Xorijiy mutaxassislar tomonidan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga alohida eʼtibor qaratilib, ushbu hujjatda belgilangan xalqaro standartlarga mos keladigan taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarini yaratish, adolatli va zamonaviy davlat boshqaruvini shakllantirish kabi maqsadlar yuksak baholandi. Strategiyaning amalga oshirilishi Oʻzbekistonni 2030-yilga kelib dunyoning eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlari qatoriga kiritishi taʼkidlandi.

Oʻzbekistonda milliy anʼanalar va zamonaviy demokratik tamoyillarni uygʻunlashtirgan oʻziga xos fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish modeli yaratildi. Natijada mamlakatda kuchli, faol va masʼuliyatli fuqarolik jamiyati shakllanib bormoqda.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish boʻyicha qator muhim taklif va tavsiyalar ilgari surdilar.

Demoratik jarayonlarni tahlil qilish markazi