Jamoatchilik nazorati mahalladan boshlanadi
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi tomonidan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Dastlab, ishtirokchilar normativ-huquqiy hujjatlarda MFY raislarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish doirasidagi huquq va vakolatlari, ularni amalga oshirish mexanizmlari boʻyicha atroflicha maʼlumot berildi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishidagi mavjud vaziyat va bu boradagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, sohani tartibga soluvchi hujjatlarni yanada takomillashtirish boʻyicha tegishli takliflar ilgari surildi.