ACDP logo
Kirish
header bg

JAHON ChЕMPIONATI – YANGI O‘ZBЕKISTONDA ZABT ETILGAN YANA BIR MARRA!

6
Поделиться:
JAHON ChЕMPIONATI – YANGI O‘ZBЕKISTONDA ZABT ETILGAN YANA BIR MARRA!

Keyingi vaqtlarda O‘zbekiston aholisi orasida eng ko‘p muhokama qilinayotgan, faxrlanish hissini oshirayotgan masala shubhasiz futbol bo‘yicha Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqqanidir.
Mamlakatimiz futbolchilarining yuksak shijoati bilan Milliy terma jamoamizning Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi nafaqat O‘zbek futboli tarixida yorqin sahifa ochdi, shu bilan birga, millionlab yurtdoshlarimizning orzusini ro‘yobga chiqardi.
Yutuqlar tasodifan yuzaga kelmaydi, deyishadi. So‘nggi 10 yillikda Yangi O‘zbekistonda barcha sohalardagi keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarga bo‘lgan yuksak e’tibor, ilm-fan va sport sohasiga yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar va mamlakatimizda qaror topayotgan ochiq hamda taraqqiyotga yo‘naltirilgan muhit o‘zining amaliy natijasini bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bevosita tashabbusi va rahbarligi ostida demokratik yangilanishlar, inson qadrini ulug‘lash, yoshlarning bilim olishi va o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar taraqqiyotimizning muhim omiliga aylandi. Futbolchilarimizning tarixiy yutug‘i ana shu ezgu sa’y-harakatlarning yana bir yorqin ifodasidir.
Jahon chempionatiga chiqish — nafaqat sportdagi g‘alaba, balki O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi ortib borayotganining ham yaqqol dalilidir. 
Tarixda ilk bor Amerika qit’asining 3 ta mamlakati – AQSH, Kanada va Meksika futbol maydonlarida Vatanimiz bayrog‘i yanada baland hilpirashi barchamizga cheksiz g‘urur va iftixor baxsh etadi.
Futbolchilarimiz tarix yaratib bo‘lishdi, ularning har bir o‘yini biz uchun g‘alabaga teng deb bilamiz!
Futbolchilarimizga, murabbiylar shtabiga va ushbu tarixiy natijaga hissa qo‘shgan barcha yurtdoshlarimizga cheksiz minnatdorlik bildiramiz, baraka topinglar!
Olg‘a O‘zbekiston, olg‘a oq bo‘rilar!
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi jamoamiz bilan sizlarni qo‘llab-quvvatlaymiz!

Azamat Pardayev,
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi direktori