Farg‘onada partiya guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 26 iyun kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi hamkorligida “Partiya guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish: xalqaro tajriba, milliy amaliyot va istiqbolli islohotlar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda Markaz hududiy bo‘linmasi mutaxassislari, partiyaning viloyat, tuman va shahar kengashlari xodimlari, deputatlar, faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Seminarda partiya guruhlarining mahalliy Kengashlardagi faoliyati, elektorat bilan ishlash, mavjud muammolarni o‘rganish, vakolat doirasida ko‘rib chiqish va sessiyalarga masala kiritish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, xorijiy tajriba, milliy amaliyot, fuqarolik jamiyatining o‘rni hamda 2025–2026 yillarning o‘tgan davrida partiya guruhlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida mazkur yo‘nalishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

