ACDP logo
Kirish
header bg

“Yuzma-yuz” ko‘rsatuvida mahalliy Kengashlar faoliyatidagi islohotlar muhokama qilindi

17
Поделиться:
“Yuzma-yuz” ko‘rsatuvida mahalliy Kengashlar faoliyatidagi islohotlar muhokama qilindi

"Sirdaryo" telekanalining “Yuzma-yuz” ko‘rsatuvida “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida mahalliy davlat hokimiyati tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi.

Ko‘rsatuv mehmoni sifatida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Sh. Mamadetsoyev ishtirok etib, mahalliy Kengashlarning mustaqil vakillik organi sifatidagi roli, hokimlarning Kengash va aholi oldidagi hisobdorligi hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr bildirdi.

🟢 Suhbat davomida “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi”ning ahamiyati, Kengashlarga o‘tkazilayotgan vakolatlar, “Kengash soati”, Kengash Rayosati va “E-Kengash” elektron platformasining amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati misolida deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlashi, muammolarni joyida hal etish, deputat so‘rovlari samaradorligi va Kengashlar faoliyatida ochiqlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar qayd etildi.

Ko‘rsatuvda mahalliy Kengashlarning kuchayishi xalq vakilligi, jamoatchilik nazorati va hududlardagi muammolarni samarali hal etishda muhim omil ekani ta’kidlandi.