ACDP logo
Kirish
header bg

Qashqadaryoda ekologik muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtiroki muhokama qilindi

16
Поделиться:
Qashqadaryoda ekologik muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtiroki muhokama qilindi

Joriy yilning 26 iyun kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi hamda viloyat hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kurslari hamkorligida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarning oldini olish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda bu jarayonlarda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining qisqarishi, maishiy chiqindilar hajmining ortishi, yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish kabi vazifalar jamoatchilikning faol ishtirokini talab etadi.

Davra suhbatida mahallalarda chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, noqonuniy chiqindixonalarning oldini olish, obodonlashtirish ishlarini kengaytirish, ko‘chat ekish va ularni parvarishlashga aholini jalb etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Yakunda ekologik xavfsiz va obod mahallalarni shakllantirish, fuqarolarning ekologik mas’uliyatini oshirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.