ACDP logo
Kirish
header bg

Aholi murojaatlari bilan ishlashda “Qarshi tajribasi” ommalashmoqda

11
Поделиться:
Aholi murojaatlari bilan ishlashda “Qarshi tajribasi” ommalashmoqda

✅ Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari murojaatlar bilan ishlashda yangi va strategik yondashuvni keng joriy etmoqda. Xususan, o‘tgan haftada respublikaning 20 ta tuman va shahar Kengashi mazkur yo‘nalishda maxsus rejalarni tasdiqladi.

✅ Andijon, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrining qator tumanlarida “Qarshi shahri tajribasi” asosida jamoatchilik fikrini tahlil qilishning yangi mexanizmi yo‘lga qo‘yildi.

‼️ Ushbu tizim murojaatlarni shunchaki qabul qilish emas, balki muammolarni oldindan o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishni nazarda tutadi.

✅ Ahamiyatli tomoni, hududlarda ilg‘or tajribalarning ommalashishi murojaatlar bilan ishlash sifatini oshiradi. Shuningdek, jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish orqali muammolarning sabablarini oldindan bartaraf etish imkoniyati yaratiladi.