Maxsus ommaviy onlayn konferensiayalar platformasi LOYIHASI
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasidan oʻrin olgan 100 ta maqsadga erishish gʻoyalari va ularning ijro mexanizmlari boʻyicha loyihalarni jamlash hamda keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etuvchi mediaplatforma yaratildi.
LOYIHANING MAQSADI VA ASOSIY VAZIFALARI
- “Oʻzbekiston 2030” strategiyasidan oʻrin olgan maqsadlar mazmun-mohiyatini keng targʻib etish;
- Strategiya maqsadlarga erishishda fuqarolarning oʻzini asosiy ishtirokchiga aylanishlari uchun imkon yaratish;
- hududlarda mavjud boʻlgan muammolar yechimi yuzasidan eng maqbul taklif va gʻoyalarni kashf qilish hamda jamoatchilik muhokamasiga taqdim etish;
- Strategiya doirasida ishlab chiqiladigan har yilgi Davlat dasturlari loyihasi uchun xalqchil takliflarni jamlash;
- “Xalq – bosh islohotchi” tamoyili asosida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini umumxalq strategiyasiga aylantirish;
- fuqarolarda Davlat dasturlari, hududiy manzilli dasturlar ijrosiga nisbatan daxldorlik hissini kuchaytirish;
- jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslar, gʻoya mualliflarini ragʻbatlantirib borish amaliyotini keng joriy etish;
- jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasiga hamda ilgʻor gʻoyalarga ega shaxslarni kash etgan holda, ularning intellektual salohiyatidan foydalanish;
- kelib tushgan taklif va gʻoyalar asosida ilmiy ishlanmalarni takomillashtirish, tijoriy maqsadda foydalanishni kengaytirish;
- ilmiy asoslantirilgan va puxta ishlangan gʻoyalar asosida respublikaning turli hududlariga xos muammolarga kamxarj va istiqbolli yechimlar topish.