ACDP logo
Kirish
header bg

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazida Kanadaning “COMPASS” instituti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

22
Поделиться:
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazida Kanadaning “COMPASS” instituti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

🟢 2026 yil 14 sentabr kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazida Kanadaning “COMPASS” instituti asoschisi va prezidenti Frederik Martin hamda Institutning Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yelena Andreyeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🟢 Uchrashuvda Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, jumladan ekspert muhokamalari, ijtimoiy tadqiqot va so‘rovlar, tahliliy ishlar hamda davlat dasturlari ijrosini o‘rganish borasidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

🟢 Shuningdek, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatini aholiga sodda va tushunarli yetkazishga qaratilgan “Kutilgan fursat” loyihasi va uning doirasida “TED Talks” formatida tashkil etilayotgan maxsus chiqishlar xususida so‘z yuritildi.

🟢 Frederik Martin O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, mamlakatning ochiqligi, boy tarixiy merosi va bag‘rikenglik an’analarini alohida ta’kidladi. Uning qayd etishicha, “COMPASS” instituti 1997 yildan buyon 49 mamlakatda, jumladan Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyo davlatlarida davlat boshqaruvi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda. Institut fuqarolik jamiyati institutlari, universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qiladi.

🟢 Muloqot davomida “COMPASS” instituti va Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, xususan, natijalarga yo‘naltirilgan davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish yo‘nalishlarida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🟢 Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdilar.