O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Komsomolskaya pravda” nashrida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi direktori o‘rinbosari, siyosiy fanlar doktori (PhD) A.Yusupovning “O‘zbekiston: oq-qora tarixdan taraqqiyotning yangi ranglari sari” nomli tahliliy maqolasi e’lon qilindi

🟢 Maqolada O‘zbekistonning 35 yillik mustaqillik davrida bosib o‘tgan yo‘li, mamlakatda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va taraqqiyotning yangi bosqichi haqida fikr yuritiladi.
🟢 Qayd etilishicha, uzoq vaqt davomida O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy modeli “oq-qora” tusda, ya’ni qat’iy markazlashgan, yopiq va davlatning o‘zgarmas qoidalariga bog‘lanib qolgan edi. Sobiq tizimning ikki asosiy qutbi (“rangi”) ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi va xom-ashyoga qaramlikdan iborat edi. Mamlakat asosan paxta, oltin va gaz eksporti bilan bog‘liq holda tasavvur qilinar edi.
🟢 “Oq-qora” tarixdan yangi bosqichga o‘tish – bu hayotning bir xil tusdagi holatidan ranglar va imkoniyatlar xilma-xilligi sari o‘tishini anglatuvchi paradigma almashinuvidir.
🟢 Muallif fikricha, mustaqillik avlodi mamlakat tarixiy manzarasining rangini tubdan o‘zgartirmoqda. Uning uchun mustaqillik – o‘tgan asrdagi siyosiy burilish haqidagi xotira emas. Bu avlod sovet davri tajribasi va dunyoqarashi ta’sirida shakllanmagan.
🟢 Muallif mustaqillikning 35 yilligini nafaqat tarixiy sana, balki zamonaviy O‘zbekiston davlatchiligining shakllanishi va yangi taraqqiyot bosqichiga o‘tish siklining boshlanishi sifatida baholaydi.
🟢 Maqolaning o‘ziga xos jihati shundaki, unda mamlakat taraqqiyotining so‘nggi 10 yillikdagi asosiy yutuqlari tahlil qilingan.
🟢 Maqolada 35 yillik tarixiy davrda katta yutuqlarga erishgan Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Xitoy va Finlyandiya kabi davlatlarning modernizatsiya jarayonlari tahlil qilingan. Xususan, muallif bu orqali mamlakat taraqqiyotining asosiy mezoni faqat iqtisodiy resurslar emas, balki inson kapitali, innovatsiyalar, samarali institutlar va o‘zgarishlarga moslashish salohiyatining mavjudligi deya ta’kidlaydi.
🟢 Muallifning fikricha, O‘zbekiston taraqqiyotining keyingi bosqichida asosiy e’tibor yangilik yaratish, inson salohiyatini rivojlantirish, raqamlashtirishni jadallashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va global chaqiriqlarga samarali javob berishga qaratilishi lozim.
🟢 Umuman, muallif maqolada O‘zbekistonning 35 yillik mustaqillik davridagi o‘zgarishlarini sarhisob qilish bilan birga, mamlakatning kelgusi taraqqiyot istiqbollariga nazar tashlaydi.
Maqolani to‘liq o‘qish

