Samarqandda fuqarolik jamiyati forumi o‘tkaziladi

🟢 Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi, BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi, BMT Taraqqiyot dasturi va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori tashabbusi asosida “Xalqaro demokratiya kuni” munosabati bilan 2026 yil 17 sentabr kuni “Demokratik taraqqiyotda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi” mavzusidagi Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumi o‘tkazilish rejalashtirilgan.
🟢 Forum Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, "Yuksalish" harakati, Progressiv islohotlar markazi, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil qilinadi.
🟢 Forumning maqsadi – Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlariga oid ijobiy tajribani targ‘ib qilish, ularning demokratik taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyatini ilmiy-amaliy jihatdan muhokama qilish, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishdan iborat.
🟢 Forum yakunlari bo‘yicha alohida maqolalar to‘plami nashr etilishi rejalashtirilgan. To‘plamga kiritish uchun ishtirokchilardan ilmiy maqolalar va tezislar cso.forum2026@gmail.com elektron pochtasi orqali 10 sentyabrga qadar qabul qilinadi.
👉 Maqola va tezislarga qo‘yiladigan talablar bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.

