ACDP logo
Kirish
header bg

Surxondaryoda milliy qadriyatlar va zamonaviy tafakkur uyg‘unligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

12
Поделиться:
Surxondaryoda milliy qadriyatlar va zamonaviy tafakkur uyg‘unligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

  19 iyun kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat hududiy bo‘linmasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi bilan hamkorligida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy taraqqiyot talablari bilan uyg‘unlashtirish, yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

  Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan yoshlarda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Tadbir yakunida milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini mustahkamlash hamda yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.