ACDP logo
Kirish
header bg

Kuchli fuqarolik jamiyati — barqaror taraqqiyot kafolati

10
Поделиться:
Kuchli fuqarolik jamiyati — barqaror taraqqiyot kafolati

26 iyun kuni Nurafshon shahrida “«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi: kuchli fuqarolik jamiyati — barqaror taraqqiyot kafolati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mahalla raislari NNT va OAV vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning davlat boshqaruvidagi rolini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mahalla shunchaki ma’muriy tuzilma emas, balki jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklikning eng quyi hamda eng ta’sirchan bo‘g‘ini ekanligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida mahalla uyushmasi, “Yuksalish” harakati va NNT rahbarlari ma’ruza bilan chiqish qilib, davlat va NNTlar o‘rtasidagi sheriklik yangi bosqichga chiqayotganini qayd etishdi.
Yakunda ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazilib, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tinglandi.