ACDP logo
Kirish
header bg

Xitoy elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

83
Поделиться:
Xitoy elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yil 9-aprel kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazida Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv avvalida Xitoy elchisi oxirgi yillarda Oʻzbekiston va Xitoy munosabatlari siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda jadallik bilan rivojlanayotganini alohida eʼtirof etdi. Shuningdek, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni Xitoyda diqqat bilan kuzatayotganliklari hamda hududlararo munosabatlar va kooperatsiya aloqalari chuqurlashib borayotganini mamnunlik bilan taʼkidladi.

Muloqot chogʻida ikki mamlakatning ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, xususan, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining Xitoy “aql markazlari” bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish hamda tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.