ACDP logo
Kirish
header bg

Shvetsiyaning STINT jamg‘armasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

4
Поделиться:
Shvetsiyaning STINT jamg‘armasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazida Shvetsiyaning Tadqiqot va oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik jamg‘armasi (STINT) Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Turkiya bo‘yicha katta ilmiy xodimi, doktor Said Irando‘st bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Uchrashuvda Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan ilmiy-tahliliy tadqiqotlar hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ilm-fan va ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘zaro tajriba va bilim almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.



Muloqotda ilmiy-tahliliy aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish va ekspertlik salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Axborot xizmati