“Ruminlar birligi uchun alyans” partiyasi kredit stavkalarining yuqori chegarasini belgilashni taklif qilmoqda
14

Partiya Senatga qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirgan.
Unda ipoteka kreditlari uchun foiz stavkasi Markaziy bank stavkasidan 3 foizdan, iste’mol krediti 10 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.
Mikrokreditlar bo‘yicha esa jami to‘lov miqdori asosiy qarzdan 2 baravardan oshmasligi belgilangan.
Shuningdek, kredit bo‘yicha reklama materiallarida majburiy ravishda "DIQQAT! KRЕDIT TЕNG ULUSHLARDA (ANNUITЕT) QAYTARILADI! SIZ KO‘PROQ FOIZ TO‘LAYSIZ!" kabi ogohlantirishlar qo‘yilishi shartligi ta’kidlangan.

