Samarqandda “Media haftalik” boshlandi
8

Bugun 27 aprel kuni Samarqandda “Media haftalik” boshlandi. Haftalik doirasidagi mashg‘ulotlarda axborot xizmatlari, davriy nashrlar vakillari, blogerlar ishtirok etmoqda.
Jarayonda mamlakatning yetakchi media-ekspertlari, muharrir va prodyuserlari ishtirokida kontent yaratish, faktcheking, raqamli gigiyena, SMM va strategik kommunikatsiyalar kabi muhim mavzular bo‘yicha treninglar olib boriladi. Media sohasida professional standartlarni shakllantirish, axborot xizmatlari xodimlari, jurnalist va blogerlar kompetensiyasini oshirishga qaratilgan ushbu haftalik jamiyatda jamoatchilik nazorati, davlat idoralari ochiqlik va hisobdorligi mexanizmlari samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

