Kiberjinoyatlardan jabrlanganlarni reabilitatsiya qilish instituti joriy etilyapti
21

Qonunchilik palatasidagi yalpi majlisda ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi kiberjinoyatga qarshi tizimli choralarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Loyihada kiberjinoyatlarga qarshi kurashda Ichki ishlar vazirligi asosiy vakolatli organ etib belgilanmoqda.
Qonun loyihasi bilan jabrlanganlarni reabilitatsiya qilish tizimi joriy etilmoqda. Endi fuqarolarga huquqiy maslahat beriladi, zararni tiklashda ko‘maklashiladi, zarur hollarda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.
Moliyaviy piramidalarga qarshi kurash kuchayadi. Bunday noqonuniy faoliyatlarni endilikda dastlabki bosqichdayoq aniqlash va faoliyatiga chek qo‘yishning samarali huquqiy mexanizmlari ishlay boshlaydi. Hujjat birinchi o‘qishda deputatlar tomonidan ma’qullangan.

