ACDP logo
Kirish
header bg

Mahallalarda servis xizmati: sifat va bandlik uyg‘unligi

17
Поделиться:
Mahallalarda servis xizmati: sifat va bandlik uyg‘unligi

  Joriy yilning 23 aprel kuni Xorazm viloyatida “Mahalla servis kompaniyalari” faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
    Tadbirda Prezident qarori asosida mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ya’ni xususiy servis kompaniyalari orqali sifatli kommunal va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Ta’kidlash joizki, bu yangi tizim ikki tomonlama ahamiyatga ega: bir tomondan, mahalla aholisining yashash sharoitlari yaxshilansa, ikkinchi tomondan, mahalliy aholining bandligi ta’minlanib, kichik biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi. Maqsad mahallalarni nafaqat ozoda, balki iqtisodiy faol hududga aylantirishdir.


Sardor AITBOYEV,
Demokratik jaranyolarni tahlil qilish markazi
Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi.