Janubiy Koreyadagi "Demokratlar" partiyasi uy hayvonlariga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarning "qora ro‘yxati"ni tuzishni taklif qilmoqda
13

Partiyaning 13 nafar deputati "Hayvonlarni himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish kiritish tashabbusini bildirgan.
Partiya vakillari fuqaro ikki yoki undan ortiq marta hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan bo‘lsa, sud qarori bilan uning ma’lumotini Davlat hayvonlarni himoya qilish axborot tizimiga kiritishni taklif qilgan.
Loyihada uy hayvonini sotuvchilar xaridorning ushbu ro‘yxatda bor-yo‘qligini tekshirishi majburligi belgilingan. Ro‘yxatda bo‘lsa, unga sotilmaydi.
Loyiha ayni vaqtda muhokama jarayonida. Agar u qabul qilinsa, e’lon qilinganidan keyin 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

