ACDP logo
Kirish
header bg

Markaz xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

7
Поделиться:
Markaz xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

🟢 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

🟢 Ushbu e’tirof Markaz jamoasining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tizimli o‘rganish, jamoatchilik fikrini tahlil qilish, dolzarb masalalar yuzasidan axborot-tahliliy materiallar tayyorlash hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga qaratilgan faoliyatining munosib bahosi hisoblanadi.

🟢 So‘nggi yillarda Markaz tomonidan jamiyat hayotidagi muhim tendensiyalarni aniqlash, fuqarolarning islohotlarga munosabatini o‘rganish, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni tahlil qilish va ular yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🟢 Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson qadri, ochiqlik, fuqarolik faolligi va jamoatchilik ishtirokini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu jarayonlar o‘z navbatida tahliliy markazlar oldiga ham yangi vazifalarni qo‘ymoqda.

🟢 “O‘zbekiston Mustaqilligiga 35 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlanish Markaz jamoasi uchun e’tirof bilan birgalikda kelgusidagi faoliyatda yanada mas’uliyat bilan ishlashga undaydigan muhim rag‘batdir.

🟢 Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!