ACDP logo
Kirish
header bg

Mahalliy boshqaruvda ochiqlik darajasi 97 foizdan oshdi

8
Поделиться:
Mahalliy boshqaruvda ochiqlik darajasi 97 foizdan oshdi

Mahalliy Kengashlar faoliyatida qarorlarni ochiq e’lon qilish va sessiyalarni jonli efirga uzatish tizimi mustahkamlanib bormoqda.

Xususan, o‘tgan haftada qabul qilingan 462 ta qarorning 451 tasi (97,6 foizi) “E-kengash”da ochiq e’lon qilindi. Shuningdek, o‘tkazilgan 47 ta sessiyaning 46 tasi, ya’ni 97,9 foizi internet orqali jonli efirga uzatildi.

Bundan tashqari, suv limitlari va ma’muriy chegaralarni belgilash kabi 28 ta muhim normativ hujjat jamoatchilik nazorati ostida tasdiqlandi.

Sessiyalarning qariyb to‘liq jonli efirga uzatilishi va qarorlarning ochiqligi mahalliy hokimiyatning xalq oldidagi hisobdorligi amalda ta’minlanganidan dalolat beradi. Bu esa korrupsiya xavfini kamaytirib, boshqaruv shaffofligini kafolatlaydi.