ACDP logo
Kirish
header bg

Fuqarolik jamiyati rivojiga xizmat qiluvchi amaliy muloqot

11
Поделиться:
Fuqarolik jamiyati rivojiga xizmat qiluvchi amaliy muloqot

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi viloyat bo‘linmasi tashabbusi bilan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, mahalla raislari hamda faol fuqarolar ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi. 

Tadbirda joriy yilda e’lon qilinishi rejalashtirilgan davlat grantlari tanlovlari yo‘nalishlari, ularda ishtirok etish shartlari va loyihalarni sifatli tayyorlash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berilib, tashabbuslarni loyiha shaklida to‘g‘ri rasmiylashtirish, maqsadli rejalashtirish va natijadorlik ko‘rsatkichlarini belgilash bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan.

Bu kabi tadbirlar hududlarda ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarning ko‘payishi, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni jamoatchilik ishtirokida hal etish va fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini oshirishga zamin yaratadi. 

Shu bilan birga, davlat va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlab, fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlashning yangi samarali mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiladi.