Ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati qisqartirilmoqda
3

Qonunchilik palatasida muhokama qilingan qonun loyihasida ishga qabul qilishda fuqarodan asosan JSHIR talab etish tartibi va quyidigalar taklif etilgan:
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma taqdim etishi lozim.
Shuningdek, ishga kirishda elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma berish bekor qilinmoqda.
Elektron raqamli imzo yoki Face-ID orqali tasdiqlangan hujjatlar yuridik jihatdan qo‘lda imzolangan hujjatlar bilan tenglashtirilmoqda.
Ish haqi to‘lash muddati buzilganda, har bir kechiktirilgan kun uchun pulli kompensatsiya to‘lash tartibi aniqlashtirilmoqda.
Loyiha birinchi o‘qishda qabul qilingan.

