ACDP logo
Kirish
header bg

O‘zaro hamkorlik muhokama markazida

13
Поделиться:
O‘zaro hamkorlik muhokama markazida

2026 yil 22 may kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “Xalq deputatlari Kengashlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi. Unda davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qaror qabul qilish jarayonlarida aholining ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, mahalliy Kengashlar tomonidan hududiy dasturlar va qarorlar loyihalarini ishlab chiqish, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Kengashlar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy natijalari, Kengash huzuridagi ekspertlar guruhlari faoliyatida NNT vakillari ishtirokini kengaytirish hamda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etish borasida fikr almashildi.

Davra suhbati davomida mavjud muammo va vazifalar tahlil qilinib, ularni bosqichma-bosqich hal etishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.