To‘kin dasturxon kafolati: Qashqadaroda oziq-ovqat xavfsizligi choralari
15

Bugungi global iqtisodiy jarayonlar, iqlim o‘zgarishi, logistika zanjirlaridagi uzilishlar va jahon bozorlaridagi narx tebranishlari har bir hudud oldiga oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ichki bozorni barqaror mahsulot bilan ta’minlash va aholi daromadlariga bosimni kamaytirish kabi muhim vazifalarni qo‘ymoqda.
Ayniqsa, kundalik ehtiyoj mahsulotlari narxining barqarorligi oddiy iqtisodiy ko‘rsatkich emas, balki har bir oila dasturxoni, aholi farovonligi va ijtimoiy barqarorlik bilan bevosita bog‘liq masaladir.

