ACDP logo
Kirish
header bg

Ekologik qonunchilik: jazodan tartibga o‘tish bosqichi

12
Поделиться:
Ekologik qonunchilik: jazodan tartibga o‘tish bosqichi

Mamlakatimizda ekologik sohani yanada tartibga solish maqsadida 2026 yil 4 may kuni yangi qonun qabul qilindi. Ushbu hujjat orqali atrof-muhitni muhofaza qilishga oid talablar aniqlashtirilib, ularni bajarish mexanizmlari kuchaytirilmoqda. Muhimi, bu o‘zgarishlar faqat jazo emas, balki profilaktika va tartibni yaxshilashga qaratilgan.
Tahlillarga ko‘ra, ekologik sohada 3 ta asosiy qonun hujjati qayta ko‘rib chiqilib, javobgarlik mexanizmlari kuchaytirilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar 3 barobardan 10 barobargacha oshirilmoqda. Xususan, suvni ifloslantirishda 10 baravar, daraxtlarga zarar yetkazishda 5 baravargacha. 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ekologik standartlar aniq va bir xil qo‘llanilganda biznes uchun noaniqliklar kamayadi hamda investitsion muhit barqarorlashadi.
Ekspertlar fikricha, mazkur qonun ekologik siyosatni “jazo tizimi”dan “tartib va mas’uliyat tizimi”ga o‘tkazmoqda. Ya’ni bu yerda asosiy maqsad biznesni cheklash emas, balki barcha ishtirokchilar uchun adolatli va shaffof qoidalarni shakllantirishdir. Natijada, ekologik talablarga rioya qilish xarajat emas, balki uzoq muddatli barqaror rivojlanishning muhim shartiga aylanadi. Bu esa qisqa muddatda qonunbuzilishlarni kamaytirib, o‘rta muddatda korxonalarni “yashil texnologiya”ga o‘tishga majbur qiladi, uzoq muddatda esa ekologik xavfsizlikni barqaror tizimga aylantiradi.