2025 yilda dunyo boʻylab prezidentlik va vakillik organlariga oʻtkaziladigan saylov va referendumlar
2024 yil yaqin tarixdagi eng yirik va serqirra saylov yillaridan biri boʻldi. Yil davomida 22 ta muddatidan oldin saylovlar oʻtkazildi. Shuningdek, butun dunyo boʻylab oʻtkazilgan 20 ta milliy referendumda fuqarolar oʻz munosabatlarini bildirishdi. Umuman olganda, yil davomida 110 kun 78 ta mamlakat va hududda saylov va referendumlar boʻlib oʻtdi. 2024-yilda 34 ta mamlakatda prezident, 61 ta mamlakatda parlament saylovlari boʻlib oʻtdi. Xususan, Rossiya, AQSH, Ozarbayjon, Slovakiya, Eron, Moldova, Xorvatiya, Finlyandiya davlatlarida prezident saylovlari, Oʻzbekiston, Fransiya, Buyuk Britaniya, Pokiston, Indoneziya, Belarus, Janubiy Koreya, Hindiston, Gruziya, Bolgariya davlatlarida parlament saylovlari oʻtkazildi. 2024-yilda saylov oʻtkazgan davlatlarning umumiy aholisi taxminan 4,16 mlrd kishini, yaʼni dunyo aholisining yarmidan koʻprogʻini tashkil qildi. 2025-yilda 58 ta mamlakatda saylovlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan: 11 ta mamlakatda prezident saylovlari, xususan, Xorvatiya, Ruminiya, Polsha, Janubiy Koreya, Kamerun, Kot-dʻIvuar va boshqalarda; 37 ta mamlakatda parlament, uning yuqori va quyi palatalariga saylovlar; 10 ta mamlakatda bir vaqtda prezident va parlament saylovlari (Ekvador, Boliviya, Chili, Tanzaniya, Markaziy Afrika Respublikasi va boshqalar); eng koʻp saylovlar Amerika (17) va Yevropa (16) mintaqalarida boʻlib oʻtadi. Jami saylovlar boʻlib oʻtadigan mamlakatlar aholisi soni 1 mlrd 342 mln nafarni, saylovchilar soni esa taxminan 850 mln nafarni tashkil etadi. Hujjatni toʻliq shakli bilan ushbu havola orqali tanishing. Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi
