ACDP logo
Kirish
header bg
Назад
06.11.2026

Yangi Oʻzbekistonda qadriyatlar transformatsiyasi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya maqolalari toʻplami

Ushbu to‘plam Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Yangi Oʻzbekistonda qadriyatlar transformatsiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallaridan iborat bo‘lib, unda zamonaviy jamiyatda sodir bo‘layotgan qadriyatlar evolyutsiyasi, milliy qadriyatlarning globallashuv sharoitidagi transformatsiyasi, O‘zbekistonda  amalga oshirilayotgan ijtimoiy va ma’naviy islohotlar, an’anaviylik va zamonaviylik o‘rtasidagi muvozanat, O‘zbekistonda oila instituti va ayollar nufuzining yuksalishi, tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillari, yoshlar qadriyatlaridagi yangilanish jarayonlariga global ta’sirlar va innovatsion yondashuvlar aks ettirilgan maqola va tezislar o‘rin olgan.

To‘plamga xorijiy ekspertlar, yurtimizdagi tahlil markazlari ekspertlari, oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlar, tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari natijalari kiritilgan.

To‘plamda keltirilgan materiallarning mazmuni, undagi statistik ma’lumotlar va keltirilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning haqqoniyligi, tanqidiy fikr-mulohazalar va takliflarga mualliflarning o‘zlari mas’uldirlar.

some imageYuklab olish