ACDP logo
Kirish
header bg

Vengriyalik ekspert O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi

101
Поделиться:
Vengriyalik ekspert O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi

Shandor Sheremet “Vengriya Xalqaro munosabatlar instituti (HIIA) — mamlakatning tashqi siyosat, geosiyosat va xalqaro xavfsizlik masalalariga ixtisoslashgan yetakchi tahlil markazlaridan biri.”
Turkiy davlatlar NNT forumi doirasida venger delegatsiyasi vakili O‘zbekistonda NNTlar va davlat institutlari o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda yangi bosqichga chiqqanini ta’kidladi.
Ekspert fikricha, O‘zbekistonda shakllangan zamonaviy qonunchilik bazasi nafaqat NNTlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, balki davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim huquqiy asos yaratgan.
Ayniqsa, “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida NNTlar ishtiroki va jamoatchilik muloqotining kuchayib borayotgani xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baholanmoqda. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda “davlat – NNT – jamiyat” munosabatlari tanqid yoki formal qo‘llab-quvvatlash modeliga emas, balki mamlakat va jamiyat manfaatlari yo‘lidagi amaliy sheriklik tamoyiliga asoslanmoqda.
Shuningdek, ekspert O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng dinamik rivojlanayotgan davlatlardan biri sifatida jamoatchilik ishtiroki, mahalliy boshqaruv va ochiq muloqot sohasida muhim tajriba shakllantirayotganini qayd etdi. Uning fikricha, mamlakat ushbu islohotlar sur’atini saqlab qolsa, fuqarolik jamiyati va davlat institutlari o‘rtasidagi hamkorlik mintaqa uchun muhim namunaga aylanishi mumkin.
Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasida aqliy markazlar, jamoatchilik diplomatiyasi va fuqarolik jamiyati institutlari sohasida hamkorlik imkoniyatlari ham yuqori baholandi. Ekspert ikki mamlakat tahliliy markazlari kelgusida energetika, logistika, suv resurslari, fuqarolik jamiyati va mintaqaviy barqarorlik masalalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqot va ekspert platformalarini rivojlantirishi mumkin.