BMT Taraqqiyot Dasturining (UNDP) O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda
49

Joriy yil 6 avgust kuni BMT Taraqqiyot Dasturining (UNDP) O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida “Xalqaro demokratiya kuni”ga bag‘ishlab, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekistondagi demokratik islohotlarni targ‘ib qilishga qaratilgan xalqaro konferensiya o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Anas Fayyad Qarman tomonidan Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi amalga oshirgan loyihalar e’tirof etildi va doimiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.