✅ Matluba Kaxxarova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari:

🟢 2025 yil 25 fevralda qabul qilingan “Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, dinlararo muloqotni kuchaytirish, vijdon erkinligini kafolatlash, millatlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘nalishdagi davlat siyosatining mustahkam huquqiy asosi bo‘ldi.
🟢Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari tinch-totuv, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhitida yashab kelmoqda.
🟢So‘nggi 9 yilda 130 dan ortiq yangi diniy tashkilot, 3 ta oliy va 1 ta o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, 102 ta masjid hamda 24 ta noislomiy diniy tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
🟢Mazkur ijobiy o‘zgarishlar yosh avlodni buzg‘unchi g‘oyalardan asrash, ularni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashni tizimli tarzda amalga oshiriga xizmat qilmoqda.

